https://github.com/futzone/otp-sender
https://github.com/futzone/otp-sender
Last synced: 11 months ago
JSON representation
- Host: GitHub
- URL: https://github.com/futzone/otp-sender
- Owner: futzone
- Created: 2024-08-11T17:45:26.000Z (almost 2 years ago)
- Default Branch: main
- Last Pushed: 2025-07-03T07:15:08.000Z (about 1 year ago)
- Last Synced: 2025-07-03T08:27:27.819Z (about 1 year ago)
- Language: Dart
- Size: 13.7 MB
- Stars: 0
- Watchers: 1
- Forks: 0
- Open Issues: 0
-
Metadata Files:
- Readme: README.md
Awesome Lists containing this project
README
# 📲 SMS OTP Sender
## 📌 Muqaddima
Mobil ilovalar, websaytlar, Telegram botlardan ro’yxatdan o’tish jarayonida foydalanuvchilarning telefon raqamini tasdiqlash uchun shu telefon raqamga tasdiqlash kodi — ya’ni **“OTP kod”** yuboriladi.
Buning uchun odatda SMS yuborish provayderlari bilan shartnoma imzolashingiz kerak bo’ladi. Shartnoma uchun esa yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor bo’lishingiz lozim. Ustiga-ustak yana ancha to’lovlari ham bor.
Bu esa yangi loyihalar uchun jiddiy “bosh og’rig’i”. Biz esa bu muammoni yechishga harakat qildik va uddasidan chiqdik, degan umiddamiz!
---
## ⚙️ Qanday ishlaydi?
Tizimning ishlash tamoyili juda oddiy:
1. Mobil ilovani telefoningizga o‘rnatasiz.
2. Ilova siz belgilagan `GET` API orqali OTP ma’lumotlarini olib keladi.
3. Ushbu kodlar sizning telefon raqamingizdan foydalanuvchiga SMS orqali yuboriladi.
4. SMS yuborilgach, `POST` API orqali sizning bazangizga tasdiq xabari yuboriladi.
---
## 🪜 Qadamlar
### 1. `GET` method (kodlarni olish)
```json
[
{
"phone": "+998912345678",
"code": "12345"
},
{
"phone": "+998912345687",
"code": "12367"
}
]
````
Agar authorization kerak bo‘lsa:
```json
{
"Authorization": "Bearer YOUR_TOKEN"
}
```
---
### 2. `POST` method (yuborilgan kodni qayd qilish)
URL ko’rinishi:
```
POST https://your-api.com/success-endpoint/+998912345678
```
Authorization kerak bo‘lsa:
```json
{
"Authorization": "Bearer YOUR_TOKEN"
}
```
---
## 📲 Ilovani o’rnatish
Ilova **faqat Android** qurilmalarda ishlaydi.
1. Ilovani yuklab oling: \[Yuklab olish havolasi]
2. Ruxsatlar (SMS yuborish/o‘qish) berilishi shart
3. Quyidagi maydonlarni to‘ldiring:
* `Interval` – GET so‘rov yuboriladigan soniyalar oralig‘i
* `Get request URL` – Kodlar ro‘yxatini qaytaruvchi endpoint
* `Post request URL` – Yuborilgan kod uchun bildirishnoma URL
* `Headers` – (Agar kerak bo‘lsa) Authorization token
---
## 🔐 Xavfsizlik
Ilova hech qanday zararli kodga ega emas va ma’lumotlaringizni yig‘maydi. Yanada ishonch uchun ochiq kodni ko‘rishingiz mumkin: \[GitHub manbasi]
---
## 📎 Eslatma
* `GET`, `POST` methodlari qat’iy JSON formatida bo‘lishi lozim.
* Juda ko‘p SMS yuborish raqamingiz operatori tomonidan bloklanishiga olib kelishi mumkin. Real loyihalarda ehtiyotkorlik bilan foydalaning!
---
## 🔜 Tez orada
✅ WebSocket integratsiyasi — tizimni real-vaqtli va tezkor qilish uchun qo‘shiladi.
---
## 📮 Aloqa
Agar xatoliklar, takliflar bo‘lsa — GitHub Issues yoki Telegram orqali bog‘laning.
---
© qahorovz 2024 — Barcha huquqlar himoyalangan